Foto: Bloomberg
Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR, LPR, Zaparojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to'g'risidagi bitimlarni ratifikatsiya qilishni ma’qulladi.
Shuningdek, u to'rtta federal konstitutsiyaviy qonunni imzolagan.
Qayd etilishicha, DXR va LPR "respublikalarning konstitutsiyalari tomonidan tuzilgan kuni va Rossiya Federatsiyasiga qabul qilingan kunida belgilangan" chegaralarga kiradi.Zaporojye va Xerson viloyatlarining "hududlari chegaralari" Rossiyaga qo'shilish kunidagi chegaralari bilan belgilanadi. DXR va LPR 2014-yil chegaralariga kiradi, Zaporojye va Xerson viloyatlari chegaralari esa Rossiya "aholi bilan maslahatlashganidan" keyin aniqlanadi.
Rossiya tarkibidagi DXR va LPR respublikalar maqomini va ularning oldingi nomlarini saqlab qoladi. Xerson va Zaporojye viloyatlari mintaqa bo'lib qoladi.
Ma'lum qilinishicha, davlat tili rus tili bo'ladi, maktablar ukrain tilini o'rganishni davom ettirishga va'da berishadi.
Qonunlarga ko'ra, Rossiyaning yangi sub’yektlari fuqarolari ariza bergach va Rossiya fuqaroligi uchun qasamyod qabul qilganidan keyin mamlakat fuqarosiga aylanadi. Ularga Rossiya fuqaroligidan voz kechish uchun ariza berishga bir oy muddat berilgan. 2026-yil 1-yanvarga qadar ushbu hududlarda o‘tish davri amalda bo‘ladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling