Foto:Telegram
Ruslanbek Davletov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan u adliya vaziri lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, Ruslanbek Davletov 2016-2017 yillarda Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2017-yil avgust oyida u Adliya vazirligi rahbari etib tayinlangan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling