Farxod Ermanov yangi lavozimga tayinlandi

U Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga tasdiqlandi

<br>


Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Farxod Urazbayevich Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, u Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga tasdiqlangan.

Maʻlumot uchun, Farxod Ermanov 2018-yilda Xorazm viloyatiga hokim etib tayinlangan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling