Foto: Tez News
Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan:
Shaxrux Shaturgunovich Sharaxmetov Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etildi;
Sodiq Donaqulovich Toshboyev Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etildi;
Baxodir Abdusalomovich Begalov Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlandi;
Abdushukur Abdujamilevich Sadikov Milliy antidoping agentligi direktori lavozimiga tayinlandi;
Olim Xayrullayevich Narzullayev Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimidan ozod etildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling