Foto: Smartik.ru
Xalq taʼlimi vazirligi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunga qoʻshimcha kiritish boʻyicha qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qildi.
Loyihaga koʻra, qonun 44−1-modda bilan toʻldiriladi va quyidagi vaziyatlarda shaxslarning umumiy oʻrta taʼlim tizimida rahbar lavozimiga tayinlanishi taqiqlanadi:
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
- psixiatriya yoki narkalogiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar;
- umumiy oʻrta taʼlim tizimida rahbarlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasallikka chalingan shaxslar;
- qasddan sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlangan (sudlanganlik holati tugatilganligi, olib tashlanganligidan qatʼi nazar) shaxslar;
- jinoyat ishlari aybdorligi toʻgʻrisidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlarni (qasddan) sodir etgan shaxslar.
Qonun loyihasining muhokamasi 23-noyabrgacha davom etadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling