Foto: Tez News
Oʻzbekistonda ikki nafar oliy taʻlim muassasasi rektorlari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi matbuot kotibi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-dekabrdagi 727-sonli qarori qabul qilingan.
Unga koʻra, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulugʻbek Azizov va Buxoro muhandislik texnologiya institutining rektori Nusratullo Barakayev lavozimidan ozod etilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling