Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Malibu lyukidan tanasini chiqarib, raqsga tushganlarga 15 sutka qamoq jazosi belgilandi. Bu haqda "Hudud" informatsion dasturi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, bu ishni sodir etgan fuqarolar yo‘l bo‘yida o‘rnatilgan kameralar tasviriga tushib qolgan.
Qayd etilishicha, tezkor tartibda olib borilgan tekshiruv ishlari jarayonida yo‘l harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan haydovchilar va yo‘lovchilarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Shundan soʻng shahar ichki ishlar boshqarmasining tergov bo‘limiga olib kelingan.
Tergov jarayonida, 23 yoshli ayol 4 nafar farzandini uyida qoldirib, o‘zi shu kabi ishlarni sodir etib yurganidan afsusdaligini taʼkidlagan.
Shuningdek, uning 21 yoshli sherigi muqaddam huquqbuzarlik sodir etganligi uchun 8 oy muddatga Sherobod tumani 41-manzilli koloniyasida jazo o‘tagani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda, holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling