Foto: Repost.uz
O'zbekistonda yangi-uy-joy qurish hajmi 1,5 yarim barobarga oshirilib, jamoat transporti tizimi isloh qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan murojaatnomasida maʼlum qildi.
Toshkent shahri uchun qoʻshimcha mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, 7 ta yer usti metro bekati ishga tushiriladi.
Bularning hisobiga, har kuni 500 mingdan ziyod poytaxt aholisi va mehmonlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratiladi.
"Hududlarda ham yoʻlovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida, yana mingta avtobus harakati yoʻlga qoʻyiladi.
Bu orqali, jamoat transporti boʻyicha ahvol ogʻir boʻlgan 300 ta mahalladagi 1 million aholining uzogʻi yaqin boʻladi”, — deydi prezident.
Bundan tashqari yangi uy-joylar qurish hajmlari 1,5 barobarga oshiriladi.
“Konstitutsiyamizga aholining munosib hayot kechirishi va uy-joyga ega boʻlishi toʻgʻrisidagi yangi moddalarni kiritish lozim, deb hisoblayman.
Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmlarini 1,5 barobarga oshirib, 90 mingga yetkazamiz.
Bunda, ikki yil oldin boshlangan imtiyozli shartlarda ipoteka berish davom ettiriladi.
Kelasi yilda Toshkent viloyatida “MENING BIRINCHI UYIM” yangi ipoteka dasturi boshlanadi.
Dastur doirasida, birinchi navbatda turar-joyga ehtiyoji bor hamda yosh oilalar uchun eng qulay shartlar asosida uy-joylar barpo etiladi”, — Shavkat Mirziyoyev.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling