Zelenskiy yana bir bor Rossiya fuqarolariga murojaat qildi

Zelenskiy asir tushganlarga yaxshi munosabat ko'rsatilishini va'da qilgan

Foto: DW

Foto: DW

Ukraina prezidenti Zelenskiy Rossiya fuqarolariga safarbarlik borasida murojaat yo'llab, ularni chaqiruv qog'ozini olmaslik, yashirinish yoki asir tushishga chaqirdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lishga qaror qilgan rossiyalik askarlarga Ukraina harbiylari madaniyat bilan va xalqaro konvensiyalarga rioya qilgan holda munosabatda bo‘lishini va’da qildi. Bu haqda Zelenskiy an’anaviy videomurojaatida rus tilida aytib o‘tdi.

«Hozir barchangiz uchun muhim palla: hayotingizni hal qilish vaqti keldi. Begona yerda harbiy jinoyatchi sifatida halok bo‘lgandan ko‘ra, yaxshisi chaqiruv qog‘ozini olmang. Mayib-majruh bo‘lib, keyin tajovuzkorlik urushi qatnashchisi sifatida sudda javob bergandan ko‘ra, jinoiy safarbarlikdan qoching. Bizning qurollarimiz zarbasidan halok bo‘lgandan ko‘ra, yaxshisi ukrainlarga asir tushing», — degan Ukraina prezidenti.

Shuningdek, Zelenskiy Rossiya hukumati asirga tushish tafsilotlaridan xabar topmasligiga - ya’ni Rossiya rasmiylari kimdir ixtiyoriy taslim bo‘lganini bila olmasligiga hamda birorta rossiyalik o‘z ixtiyoriga qarshi Moskvaga qaytarilmasligiga va’da qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling