Foto: Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati
Toshkent shahrida 433 mln so‘mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirishi to‘xtatildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 6-oktabr kuni kontrabandaga qarshi kurashuvchi xodimlar Isuzu rusumli avtomashinani to‘xtatgan. Ular mashinani ko‘zdan kechirganda 5 turdagi 77 ming 272 dona pirotexnika vositalari topilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 433 mln so‘mni tashkil etadi.
Bundan tashqari, yukxonadan yana 28 ming 640 dona yopishtiruvchi plaster va termometrlar topilgan. Ularning umumiy qiymati 146 mln so‘mdan oshadi.
Ma'lum qilinishicha, umumiy qiymati qariyb 696 mln so‘mni tashkil etuvchi noqonuniy pirotexnika vositalari olib kirilishi to'xtatilgan. Hozirda vaziyat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling