Ramzan Qodirov o'ziga qarshi “Xalqaro sanksiyalar kuni”ni tashkil qilishni taklif qildi

Amerikadan so'ng Yangi Zelandiya ham Qodirovga qarshi cheklovlar joriy qildi

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov unga qarshi “Xalqaro sanksiyalar kuni”ni tashkil etishni taklif qildi.

Ma'lum bo'lishicha, prezident Yangi Zelandiya cheklovlariga tushgandan so‘ng shunday taklif bilan chiqqan.

“Keling, barcha AQSH oldida xizmat ko‘rsatishi uchun bir kunda menga qarshi eng dahshatli sanksiyalar paketini joriy eting! Barcha davlatlar bir vaqtning o‘zida. Bu kunni Qodirovga qarshi sanksiyalar kuni deb eʼlon qiling. Va men buni nishonlayman”, – deb yozib qoldirgan o'zining telegram kanalida.

Shu bilan birga Checheniston rahbari Yangi Zelandiyada hech qanday aktivlarga ega emasligini aytgan.

Vellington Qodirovdan tashqari yana 18 rossiyalikni “qora ro‘yxat”ga kiritgan. Ularning orasida Putinning qarindoshlari va Qodirovning oila aʼzolari ham bor.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling