Foto: TIV
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qatarning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi.
Vazir elchini lavozimga kirishgani bilan tabrikladi. Muloqot avvalida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Qatar tomonini futbol boʻyicha jahon chempionati muvaffaqiyatli oʻtkazgani bilan qutlagan.
Oʻzbekiston – Qatar munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oʻzbekiston va Qatar koʻp qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun salmoqli salohiyatga ega yekani taʼkidlangan.
Norov uchrashuv davomida 2023-yil Oʻzbekistonda Qatar elchixonasi ochilishini aytgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling