Foto: Yo'l harakati xavfsizligi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyatida Boysun tumanida “Isuzu” rusumli yuk mashinasining yukxonasida xoʻjalik mollari orasiga yashiringan pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 21-noyabr kuni soat taxminan 05:15 larda, Surxondaryo viloyati, Boysun tumani hududida YHXB hamda boshqa sohaviy xizmatlarning xodimlari hamkorligidagi tezkor reyd tadbirlari oʻtkazilgan.
Tadbirlar davomida “Toshkent-Denov” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Isuzu” rusumli yuk avtomobili toʻxtatilgan. Tekshiruv davomida avtomobilning yukxonasidagi xoʻjalik mollari orasidan yashil rangli qoplarga solingan, jami 27 dona katta qutilar ichida “Britanik”, “Treniya” yozuvli pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.
Shuningdek, holat boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va aniqlangan pirotexnika vositalari viloyat IIBga topshirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling