Foto: Repost uz
O‘zbekistonda mansabdor shaxslarning odob-axloq me’yorlari qabul qilindi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davlat xizmatchilarining namunaviy odob-axloq qoidalari va Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, davlat xizmatchilari xizmat va norasmiy vaqtlarida quyidagi umumiy xulq-atvor qoidalariga rioya qilishlari shart:
•davlat xizmatchisining obro‘siga putur yetkazadigan harakatlardan o‘zini tiyish;
•mas’uliyat va kasbga sodiqlik ko‘rsatish;
•halollikni kundalik shiorga aylantirish;
•murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblarga yordam berish.
Davlat organlari, Vazirlar Kengashlari, boshqarmalar va boshqa tashkilotlar o‘z faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 25-oktabrga qadar o‘zini tutish qoidalarini tasdiqlaydi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling