Toshkent xalqaro aeroportida krossovka ichiga elektron sigaret yashirib olib o'tmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

Ma'lum bo'lishicha, yuklar bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan

Foto: Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati

Foto: Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati

Toshkent xalqaro aeroportiga "Istanbul-Toshkent" reysi bo'yicha parvozni yakunlab, bojxonaning "yashil" yo'lagidan harakatlangan yo'lovchilardan birining yuklari orasida shubhali narsalar borligi aniqlangan.

Foto: Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati

Foto: Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati

Bagaj belgilangan tartibda ko'zdan kechirilganda, yuklar orasidagi krossovka ichida 33 dona elektron sigaret chekishga mo‘ljallangan ruchkasimon veyp qurilmasi hamda 32 dona ularni quvvatlovchi moslamalar topilgan. Ma'lum bo'lishicha, yuklar bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan.

Foto: Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati

Foto: Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati

Shuningdek, bojxona xodimlarini shubhalantirgan regbi koptogi ochib ko‘rilganida esa uning ichida mato o‘ramlari orasiga yashirilgan holda 3 turdagi 72 dona o‘zidan o‘tkir hidli ampulalar borligi ma'lum bo'lgan.

Foto: Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati<br>

Foto: Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati

Mazkur ampulalardagi modda esa gashish moyi bo'lib, bu ularning qadog'ida ham aks etgan.

Foto: Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati

Foto: Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling