O'zbekistonda QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirilib, tadbirkorlar ixtiyorida yiliga 14 trln so'm qoladi

Ilgʻor tajribalar asosida soliq va bojxona maʼmurchiligi jiddiy isloh qilinadi

20-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida iqtisodiy islohotlar qatʼiy davom ettirilib, ichki imkoniyatlar toʻliq safarbar qilinib, xususiy sektor yanada qoʻllab-quvvatlanishini taʼkidladi.

Birinchi navbatda, hududlar oʻrtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish boʻyicha yangicha yondashuvlar joriy etiladi.

Kelgusi yildan tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratiladi.

Tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil boʻladi.

Biznesga soliq yukini kamaytirish boʻyicha ishlar davom ettiriladi. Jumladan, 1-yanvardan qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirish hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14 trillion soʻm mablagʻ qoladi.

Ilgʻor tajribalar asosida soliq va bojxona maʼmurchiligi jiddiy isloh qilinadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling