Qirg'izistonda deputat davlat ramzlarini o'zgartishni taklif qildi

Davlat ramzlarini o'zgartirish bo'yicha hatto  qonun loyihasi tayyorlanmoqda

Foto: ATOMIYME.com<br>

Foto: ATOMIYME.com

Qirg'izistonda deputat Arslanbek Maliyev davlat bayrog'i va madhiyasini o'zgartirishni taklif qilmoqda. Bu haqda "Informburo"  nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Arslanbek Maliyev davlat bayrog'i ranggini qizildan ko'k rangga, shuningdek davlat madhiyasining so'zlarini o'zgartirish kerakligini ta'kidlagan.

Deputatning fikricha bayroqdagi qizil rang SSSR vaqtida tanlangan.

"Tarixga nazar solsak, mamlakatning bayrog'i ranggi ko'k bo'lgan. Shuning uchun biz ko'k rangni qaytarishimiz kerak. Bizda bu qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, madhiyadagi ba'zi so'zlarga ham to'g'rilashlar kiritish kerak. Tarixiy ramzlarga qaytish vaqti keldi", — deydi deputat.

Avvalroq, Aslanbek Maliyev mamlakat nomini o'zgartirish taklifi bilan chiqqan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, u taklif qilgan variantlar orasida "Qirg'iz eli", "Qirg'iz xoqonliklari", "Qirg'izjer" kabi nomlar bor edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling