Telegram'ning yangi versiyasi taqdim etildi

Foydalanuvchilar endi videoxabarlarni ham matnga tarjima qilishlari mumkin boʻlad

Foto: Hi-Tech Mail.ru<br>

Foto: Hi-Tech Mail.ru

Telegram messenjerida bir qator yangi funksiyalar paydo boʻldi. Bu funsiyalar 200 va undan ortiq kishilik guruhlarda mavzular boʻyicha alohida chatlar yaratish hamda premium versiya obunachilari uchun ovozli xabarlarni toʻgʻridan–toʻgri tarjima qilish imkonini beradi. Bu haqda Telegram xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, messenjerning taqdim etilgan yangi versiyasi 200 va undan ortiq kishilik guruhlarda mavzular boʻyicha alohida chatlar yaratish imkonini beradi.

Foto: Telegram<br>

Foto: Telegram

Shuningdek, messenjer bir nechta yigʻiladigan ommaviy nomlarni chatlarga bogʻlashga ruxsat berdi hamda animatsion reaksiyalarni ishga tushirilgan.

Yangi funksiya turli savollar muhokamasini asosiy guruh ichida turli chatlarga boʻlish imkonini beradi. Har bir mavzu uchun yangi xabarlar haqidagi bildirishnomalarni alohida sozlash va ularda joylangan medialarni (“Umumiy media”) koʻrish mumkin.

Ishtirokchilar soʻrovnomalar, qadalgan xabarlar va botlar kabi barcha sevimli funksiyalaridan foydalangan holda “Anime”dan tortib “Zoologiya”gacha istalgan mavzuda suhbatlashishi mumkin.

Bu funksiya katta guruhlar uchun maxsus yaratilgan. Ular chatlarni alohida sozlashning yangi imkoniyatlarini ochadi va muhokamalarga qiziqishni ushlab turishga yordam beradi.

Telegram jamoasi yil oxirigacha kichik guruhlar uchun alohida vositalar majmuasini tayyorlashni ham rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, Telegram premium versiya obunachilari uchun ovozli xabarlarni tarjima qilish imkoniyatiga yaratilgan. Ushbu yangilanishdan boshlab premium foydalanuvchilari yangi videoxabarlarni transkripsiyalash funksiyasi tufayli bir zumda nutqni videolardan matnga tarjima qilishlari mumkin boʻladi.

Foto: Telegram<br>

Foto: Telegram

Maʼlum qilinishicha, iOS uchun ilovada tungi rejim dizayni yangilangan: yanada muvozanatlangan ranglar birikmasi tanlandi hamda xabarlar va chatlar roʻyxatini varaqlashda xiralashtirish effekti yaxshilangan.

Android uchun ilovadagi “Chat sozlamalari” menyusida matn oʻlchami oʻzgartirilsa, barcha chat matnlari, jumladan, havolaga razm solish ekrani, xizmat xabarlari va boshqalar oʻlchami ham oʻzgaradi.

Shu bilan birga, yangilangan versiya 12 ta yangi rasmiy kulgichlar toʻplamini oʻz ichiga oladi hamda bir nechta yigʻiladigan ommaviy nomlar chat va akkauntlarga bogʻlanishi mumkin.

Foto: Telegram<br>

Foto: Telegram

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar