Xonanda Rayhon yangi klip ustida ishlamoqda

U klip uchun yangi imidj tanlash jarayonlarini namoyish qildi

Foto: Instagram<br>

Foto: Instagram

Bundan bir necha kun avval xonanda Rayhon Gʻaniyeva muxlislariga oʻzining “Yangi kun” deb nomlangan yangi taronasini taqdim etgan edi. Maʼlum qilinishicha, mazkur tarona “Hayot ayt” nomli yangi oʻzbek seriali uchun saundtrekga aylangan.

Xonandaning maʼlum qilishicha, hozirda u allaqachon yangi klip ustida ish olib bormoqda. Xabarga koʻra, u shu kunlarda Toshkent shahrida joylashgan savdo markazlarining birida kutilayotgan klip uchun yangi imidj tanlamoqda.

"Yangi klip uchun imidjlardan birini tanlang. Sizlarga qaysi liboslar yoqdi? — deb yozadi xonanda.

Suratlarda Rayhon kumushrang plashli koʻylakda, charm kurtkada va Balmain kumush sumkasida koʻrinish bergan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling