Foto: Telegram
Prezident farmoyishi bilan Saida Mirziyoyeva prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shoʻba mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sherzod Asadov xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu shoʻba yangidan tuzilgan boʻlib, prezident Administratsiyasi rahbarining jamoatchilik fikrini oʻrganish va axborot siyosati uchun masʼul oʻrinbosari tizimi tarkibiga kiradi.
Shuningdek, u ijtimoiy soha, madaniyat va taʼlim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi.
Saida Mirziyoyeva koʻp yillar davomida turli sohalarda, jumladan, 2019-2020-yillarda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining oʻrinbosari, 2020-yildan bugungi tayinlovga qadar Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari lavozimlarini egallagan.
Uning faoliyati davomida soʻz erkinligini taʼminlash, vazirlik va idoralarning ochiqlik siyosati, matbuot xizmatlarini joriy etish, madaniyat sohasini rivojlantirish va gender tenglik masalalari boʻyicha koʻplab loyihalar amalga oshirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling