Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi BMT minbarida taqdim etildi

Yangi strategiya 2022-2026-yillar uchun mo'ljallangan

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqida Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini taqdim etdi.

Qayd etilishicha, sessiyada 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining amalga oshirilish jarayoni haqida ma’lumotar berilgan. Mazkur dasturiy hujjat o'tgan besh yil ichida amalga oshirilgan islohotlar natijalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgani, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgani aytilgan. 

Xususan, 2030-yilga kelib, O'zbekiston kambag'allik darajasini ikki baravar kamaytirish, barcha muhtojlarni qamrab olgan holda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, aholi daromadi o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori bo'lgan mamlakatlar qatoriga kirishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling