Janubiy Koreyaga "Xinnamor" to'foni yopirildi — video

Mamlakat bo'ylab ushbu to'fon oqibatida halok bo'lganlar soni o'n nafarga yetdi

Janubiy Koreyaning qirg'oqlariga so'nggi yillardagi eng yirik "Xinnamor" to'foni yopirildi. Ushbu hodisa oqibatida hozirgacha 10 kishi halok bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, mamlakat sharqidagi Pxoxan shahridagi suv bosgan avtoturargohda yetti kishi halok bo'lgan. Qutqaruvchilar ikki kishini qutqarishga erishgan.

Manbalarga ko'ra, Favqulodda xizmatlar qidiruv va avtoturargohni tozalash ishlarini davom ettirmoqda.

Tabiiy ofatlar va xavfsizlikka qarshi kurash markaziy shtabining ma'lumotlariga qaraganda, 7-sentyabr kuni ertalab soat 6:00 holatiga ko‘ra, to‘fon tufayli jami 10 kishi halok bo‘lgan, ikki kishi bedarak yo‘qolgan, yana uch kishi jarohat olgan.

Ma'lum bo'lishicha, Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol eng ko‘p to‘fon ta’sir qilgan Pxoxan shahrini maxsus ofat hududi deb e’lon qilish niyatida. Shu billan birga prezident Pxoxanga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Koreya meteorologiya xizmatining ma’lum qilishicha, to‘fon 6 sentyabr kuni Koreya yarim orolining janubiy qismiga yetib borgan va bir necha soatdan keyin Yaponiya dengizi tomon yo‘l olgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling