Yaponiyada amaldagi hukumat to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi

Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno o‘z lavozimida qoladi

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Yaponiyaning amaldagi bosh vaziri Fumio Kisidaning vazirlar mahkamasi to‘liq tarkib bilan iste’foga chiqdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, bu holat Yaponiya hukumatida kutilayotgan o‘rin almashishlarga tayyorgarlik fonida yuz berdi. Kyodo agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Kisida jamoatchilik ishonchi pasayib ketgani tufayli o‘z vazirlar mahkamasini qaytadan shakllantirmoqchi. Shuningdek, bosh vazir ba’zi hukumat a’zolarining “Birlashuv cherkovi” diniy mazhabi bilan aloqalari yuzasidan ayblovlardan qochishga intilmoqda.

Tashqi ishlar vaziri, moliya vaziri, iqtisodiy qayta tiklanish vaziri, yer, infratuzilma, transport va turizm vaziri o‘z lavozimlarida qoladi. Raqamli texnologiyalar hamda iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirlari ham almashadi.

Shuningdek, Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno ham o‘z lavozimida qoladi.

Oʻzgartirishlar dastlab sentabr oyining boshida bo'lishi kerak edi. Biroq Kisida “yangi kapitalizm” iqtisodiy konsepsiyasini targʻib qilishni jadallashtirish niyati, oziq-ovqat va yoqilgʻi narxlarining koʻtarilishi munosabati bilan chora koʻrish zarurati tufayli hamda parlament majlisiga oldindan tayyorgarlik ko'rish maqsadida hozir hukumat tarkibini yangilanishiga qaror qildi.

Yaponiya hukumatidagi bo‘lg‘usi o‘zgarishlar haqida o‘tgan haftadayoq ma’lum bo‘lgandi. 6-avgust kuni bu haqda Kisidaning o‘zi e’lon qilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling