Foto: The Telegraph
JCH-2022ning 1/8 final bosqichida Yaponiya Xorvatiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 43-daqiqasida Maeda yaponiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 55-daqiqada esa Ivan Perishich hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvning asosiy daqiqalarida gʻolib jamoa nomi aniq boʻlmagach, jamoalar 15 daqiqadan ikki taym oʻyin oʻtkazishdi. Qoʻshimcha boʻlimlarda ham gʻolib jamoa nomi aniqlanmagach, jamoalar penaltilar seriyada oʻz omadlarini sinashdi.
“Lotoreya”da omad Xorvatiya terma jamoasiga kulib boqdi. Ular ketma-ket ikkinchi bor 1/4 finalga yo'l oldi.
Yaponiya – Xorvatiya 1:1 (penaltilar boʻyicha 1:3)
5-dekabr, 20.00, “Al Janoub Stadium”
Gollar: 1:0 – 43 Maeda, 1:1 – 55 Perishich.
Yaponiya – Gonda, Yosida, Taniguti, Tomiyasu, Nagatomo (Mitoma, 64), Endo, Morita (Tanaka, 105), Kamada (Sakai, 75), Ito, Doan (Minamino, 87), Maeda (Asano, 64).
Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Barishich, Modrich (Mayer, 99), Kovachich (Vlashich, 99), Brozovich, Perishich (Orshich, 105), Kramarich (Pashalich, 68), Petkovich (Budimir, 62; Livaya, 105).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 1:2, 1:3.
Ogohlantirishlar: Kovachich (90), Barishich (116).
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling