Foto: unitedfocus
"Manchester Yunayted" o‘z uyida "Tottenxem" (2:0)ni mag‘lub etdi.
Ammo, ko‘proq natijani emas, maydonga tushirilmagan Krishtianu Ronalduning zaxira o‘rindig‘ini erta tark etishi muhokama qilinmoqda.
Portugaliyalik 89-daqiqada zaxira o‘rindig‘idan turdi va tribuna tagidagi tonnelga yo‘l oldi. U maydondagi voqealarga umuman e’tibor qaratmadi.
The Athletic'ga ma’lumotiga ko‘ra, Krishtianu nafaqat maydonni, balki stadionni ham tark etgan – Ronaldu jamoa g‘alabani nishonlayotgan payti mezbonlar kiyim almashtirish xonasida bo‘lmagan.
Jamoa Murabbiyi Ten Hag Ronalduni nega tushirmaslik qarorini qabul qilganini aytdi: "Bunday raqibga qarshi yaxshi pressing va kontrpressing kerak edi. Buning natijasida vaziyatlar yaratish mumkin edi, shunday ekan yaxshi pressing qiladiganlar kerak edi".
Ten Xagdan Ronaldu maydonni nega erta tark etgani haqida so‘rashdi. U Amazon Prime'dagi intervyuda qisqa javob qaytardi: "Bu bo‘yicha ertaga shug‘ullanaman, aniq bugun emas".
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling