Turkiyada terakt sodir etildi — video

Bir nafar gumondor qo'lga olingan

Videodan Kadr

Videodan Kadr

Turkiyaning Mersin shahrida bir guruh terrorchilar politsiya idorasida terakt sodir etdi. Bu haqda "Regnum" nashri xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, hujum taxminan soat 23:00da sodir etilgan. Ayol o‘zini politsiyachi sifatida ko‘rsatib, binoga kirishga uringan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari mashinaning kirishini to‘smoqchi bo‘lganida, otishma boshlangan.

Terrorchilardan biri mashinani portlatib yuborgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, uning ikkita sherigi bo'lgan - erkak va ayol.

Hujum natijasida ikki politsiyachi yaralangan.

Voqea joyiga chaqirilgan sapyorlar yana bir bombani zararsizlantirishga erishgan.

Shuningdek, politsiya bir gumondorning voqea joyi yaqinida qurol bilan qo‘lga olinganini aytgan. Hozirda hujumga aloqador boshqa jinoyatchilar qidirilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, jinoyatchilar Turkiyada terrorchilik tashkiloti sifatida tan olingan "KIP" (Kurdiston ishchilar partiyasi) aʼzolari boʻlgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling