Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi yangi aeroport suratlari tarqaldi. Ushbu suratlar orqali mehmonlarni aeroportning "yangi xodimi" kutib olganini ko'rish mumkin.
Ma'lum qilinishicha, terminalga kirish eshigi yaqinida aaerodrom oldida o'tirgan mushuk aeroportning barcha mehmonlarining diqqatini tortgan.
Xabarga ko'ra, samalyot qo'nish vaqtida uni tomosha qilib o'tirgan mushuk, yo'lovchilar aeroport hududiga kirishni boshlaganidan keyin ularning oldiga borgan. O'z o'rnida yo'lovchilar bundan hursand bo'lib, uni erkalashgan, turli narsalar bilan boqishgan va suratlarga tushishgan.
E'tiborlisi shundaki, ular aeroport rahbariyati jonivorni haydab yubormaganidan mamnunligini bildirishgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling