Foto: Ogoh.uz
Andijonda ikki kishi qarzdorlik sabab tanishini pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura “Repost.uz”ga maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 1-noyabr kuni Shahrixon tumanida yashovchi 32 yoshli fuqaro va shu tumanda yashovchi 31 yoshli fuqarolar shahar markazida joylashgan bolalar oʻyingohi yoniga kelib, 26 yoshli tanishi bilan qarzdorlik masalasida oʻzaro janjallashib qolgan.
Janjal davomida ikki nafar shaxs 26 yoshli fuqaroga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan, shuningdek uni urib, tepib qasddan oʻldirgan. Shundan soʻng, uning jasadini Matizga yuklab, tuman hududida joylashgan qabristonga olib kelgan vaqtda tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan 1-noyabr kuni ikki nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilar Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling