Farg'onada qaynota kelinini o'ldirib, boshini uzib oldi

Ushbu hodisa bo'yicha hali rasmiy ma'lumot berilmagan

Foto: Ogoh.uz<br>

Foto: Ogoh.uz

Farg'ona viloyatida joylashgan tumanlarning birida 64 yoshli qaynota kelinini o'ldirib, uning boshini uzib oldi. Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, mazkur voqea 1-oktyabr kuni sodir etilgan.

"Qaynota va kelin o'rtasida janjal yuzaga kelgan. Shundan keyin qaynotasi kelinini urib, uni hushidan ketkazgan. Hushidan ketgan kelinni mashinasiga ortib, qo'shni tumanda joylashgan adirlikka olib borgan. 64 yoshli fuqaro hushi o'zida bo'lmagan kelinini boshini pichoq yordamida uzib olib, jonsiz tanasini o'sha adirlikdagi axlatxonaga tashlagan. Shundan so'ng u uzib olingan boshni o'zining tumanidagi fermer xo'jaliklaridan birga yashirishga uringan", — deyiladi nashr xabarida.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan hali rasmiy ma'lumot berilmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling