Toshkentda 18 yoshli qizni o'ldirib, jasadini kanalga tashlab yuborishga uringan yigitga sud hukmi o'qildi

Ayblanuvchiga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 18 yoshli qizni bo‘g‘ib o‘ldirib, uning jasadini kanalga oqizib yuborishga uringan yigitga hukm o‘qildi. Bu haqda "Millar" dasturi xabar berdi.

Xabarga ko'ra, joriy yilning 27-mayga o'tar kechasi 23 yoshli yigit va 18 yoshli qiz o'rtasida o'zaro janjal kelib chiqqan. Yuzaga kelgan mojaro natijasida yigit qizni qo'llari bilan bo'g'ib o'ldirgan.

Mazkur holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur sudida ko‘rib chiqilgan.

To‘plangan hujjatlarda ko‘ra, ayblanuvchi asli ismi boshqa bo‘lgan, o‘zini "Zulya" deb tanishtirgan chilonzorlik qiz bilan tanishgan va u bilan ishqiy munosabat qilishga kelishib olgan.

"Uydan chiqib, Qatortolga bordim va qizni domga obordim. Onamdan so'kib, haqorat qildi, shu sababli kayfda bo'g'ib o'ldirib qo'ydim", — deydi ayblanuvchi.

Qayd etilishicha, yigit qizni o'ldirib, uning boshini plastik paket bilan o'rab skotchlagan va qutiga solib, uni taksiga ortgan. Shundan so'ng ayblanuvchi jasadni Uchtepa tumanidan oqib o'tuvchi kanalga oqizib yubormoqchi bo'lib, kanalga itargan. Biroq, jasad kanalga tushmasdan, qirg'oqda qolib ketgan.

Ma'lum qilinishicha, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-modda (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling