Chilonzor tumanida bosh hisobchi tadbirkorning 506,7 mln so'mini o'zlashtirgani aytilmoqda

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Chilonzor tumanida bosh hisobchi tadbirkorning 506,7 mln pulini oʻzlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar harakatlar oʻtkazgan.

Tekshiruv davomida “B.C”, “Ev” va “B.F” MCHJlarda oʻrindoshlik asosida ishlab kelgan bosh hisobchi, ushbu korxonalar rahbari va taʼsischisining ruxsatisiz jami 506,7 mln soʻmini ish haqi va moddiy yordam sifatida oʻzining plastik kartasiga oʻtkazish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling