Foto: Prezident matbuot xizmati
SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori Ruslan Mirzayevning ta'kidlashicha, yaxshi muvofiqlashtirilgan ishlar natijasida 2021-yilda SHHTga aʼzo davlatlarda hech qanday teraktlar sodir boʻlmadi. 40 ta terakt va 1400 dan ortiq jinoyatlarning oldi olindi.
Ruslan Mirzayev SHHT mamlakatlari birgalikda terrorizmdan himoyalanishni to'xtatib, ularga hujum qilishi kerakligini ta'kidladi.
“Afgʻonistondagi vaziyat tarangligicha qolmoqda, terrorchilik harakati ehtimoli yuqori. Afgʻonistonga qurol-yarogʻ va oʻq-dorilarni olib kirish va olib chiqishni cheklash zarur”, — dedi Ruslan Mirzayev.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling