Global tinchlik indeksi Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlatlar reytingini tuzdi

Ushbu reytingda O'zbekiston 86-o'rinni qayd etgan

Foto: CentralAsia<br>

Foto: CentralAsia

Global tinchlik indeksi Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlatlar reytingini eʼlon qildi.

Unga koʻra, reytingga kiritilgan 163 davlat orasidan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat sifatida tan olindi.

Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari reytingda quyidagi oʻrinlarni band etgan:

Qirg‘iziston – 91,

Tojikiston – 92,

Qozog‘iston – 97,

Turkmaniston – 104.

Shuningdek, reytingning kuchli uchligini Islandiya, Yangi Zelandiya va Irlandiya band etgan.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston oxirgi o‘rinda.

Maʼlum qilinishicha, yakuniy indeksni tuzish uchun mutaxassislar quyidagi ko'rsatkichlarni o'rganib chiqqan:

- ichki va tashqi nizolar, ularning intensivligi va qurbonlar soni;

- qo'shni davlatlar bilan aloqalar;

- aholi orasida qochqinlar ulushi;

- fuqarolar o'rtasidagi ishonchsizlik darajasi;

- siyosiy beqarorlik va jamoat tartibi;

- siyosiy terror;

- terroristik xurujlarning tez-tez sodir bo'lishi;

- har 100 ming kishiga to'g'ri keladigan qotilliklar soni;

- mahkumlar soni;

- og'ir jinoyatlar;

- huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining soni;

- YAIMdagi harbiy xarajatlarning ulushi;

- qurol olib kirish va olib chiqish;

- BMT yoki boshqa kuchlar kontingentlarida ishtirok etish;

- o'q otish qurollarining mavjudligi va og'ir qurollarning miqdori;

- qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish.

Maʼlumot uchun, Global tinchlik indeksi har yili Tinchlik instituti xalqaro ekspertlar guruhi sotsiologlari va iqtisodchilari tomonidan Sidney universiteti huzuridagi Tinchlik va mojarolarni oʻrganish markazi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling