O'zbekiston qonun ustuvorligi reytingida 140 ta davlat ichida 78-o'rinni egalladi

Oʻzbekiston Hindiston va Surinam oʻrtasida joylashgan

Foto: Medium<br>

Foto: Medium

Oʻzbekiston World Justice Project xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan qonun ustuvorligi boʻyicha jahon reytingida 85-oʻrindan 78-oʻringa koʻtarildi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur reytingga 140 ta davlat kiradi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Hindiston (77-oʻrin) va Surinam (79-oʻrin) oʻrtasida joylashgan.

Shuningdek, MDH davlatlari orasida Qozogʻiston 65-oʻrin, Ukraina 76-oʻrin, Belarus 99-oʻrin, Rossiya 107-oʻrin, Qirgʻiziston 100-oʻrinni egallagan.

Xabarga koʻra, reytingning eng yaxshi 10 taligiga Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvesiya, Niderlandiya, Germaniya, Yangi Zelandiya, Lyuksemburg, Estoniya va Irlandiya egallagan.

Shu bilan birga, oxirgi oʻrinni Venesuela qayd etgan. Maʼlumot uchun, qonun ustuvorligi indeksi 2010-yilda ishlab chiqilgan.

Ushbu indeksda mamlakatlarning huquqiy muhitni taʼminlash sohasidagi yutuqlari hisoblab chiqiladi. Ekspertlar qonun ustuvorligi tamoyillari kundalik hayotda qanday tatbiq etilishini aniqlaydi.

Maʼlumotlar hukumat institutlarining cheklangan vakolatlari, korrupsiyaning yoʻqligi, davlat institutlarining shaffofligi, asosiy huquqlarni himoya qilish, tartib va xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish, fuqarolik va jinoiy sudlov kabi qator mezonlar orqali guruhlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling