Munisa Rizayeva xasta muxlisining so'nggi tilagini bajardi — video

Xonanda o'zi bilan sovg'alar olib qizning tug'ilgan kunida tabriklash uchun bordi

Barchaga taniqli xonanda Munisa Rizayeva 20-oktyabr kuni o'zining Instagram sahifasida barchadan muhim kunda uni qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rab murojaat qilgan edi.

Keyinroq ma'lum bo'lishicha, u o'zining xasta muxlisining so'nggi tilagini bajarish uchun borgan.

"Bugun men bir qizaloqning orzusini ro'yobga chiqardim. Meni ko'rish qizning yagona so'nggi istagi ekan.Hayollarimizda biz toabad yashaymiz, vaholangki, Olloh istagan soniyasi bizning oxirgi nafasimiz bo'lishi mumkin. Toabat yashash hayolida, o'zimizning istaklarimizni chetga surib, boshqalarning hayoti bilan yashaymiz. Ushbu uchrashuvdan oldin men vaqt haqida o'ylamay, o'zimni faqat ishga urardim. Ammo bu uchrashuvdan so'ng men hayotning qadr-qimmatini qaytadan angladim", — deydi xonanda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling