Foto: Nodirbek Abdusattorov rasmiy kanali
Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati boʻyicha Jahon chempionati doirasida kechgan 3-o'rin uchun o'yinda mag'lub bo'ldi va yakunda 4-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Guruh bosqichida muvaffaqiyatli qatnashgan 18 yoshli Nodirbek yarim finalda Hikaru Nakamuraga magʻlub boʻldi. Keyinchalik Nakamura finalda Yan Nepomnyashiyni yengib, Fisher shaxmati boʻyicha Jahon chempioniga aylandi.
Abdusattorov esa 3-oʻrin uchun bahsda amaldagi shaxmat toji sohibi Magnus Karlsen bilan kuch sinashdi. Dastlabki partiyada Nodirbek gʻalaba qozondi, biroq Magnus qolgan uchta partiyani o'z tomoniga og'dira oldi.
Nodirbek 4-oʻrin sohibi sifatida 40 ming dollar mukofotni qoʻlga kiritdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling