Ummon guruhi a'zosi Zohid Rixsiyev komadan chiqdi

Zohidning do'sti qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytdi

Sobiq “Ummon” guruhi aʼzosi Zohid Risqiyev ikki oydan koʻproq koma holatidan soʻng oʻziga keldi. Bu haqida uning doʻsti Shoxrux xabar berdi.

“Sizlarga yangilik ulashmoqchiman, oʻrtogʻim Zohid koʻzlarini ochdi, hammasi yaxshilikka albatta siz azizlarni duoyingiz va Allohni irodasi bilan. 16- shifoxona hodimlariga, direktorlariga va albatta sizlarga rahmat. Sizlarni duolarilar bilan hammasi yaxshilikka qarab yoʻl oldi. Xudo hohlasa oʻrtogʻim bilan birga "istoriya"lar qilish nasib qilsin. Hammaga katta rahmat doim yonida birga boʻlgan onalari, ayoliga oʻzimi tashakkurimni aytib qolmoqchiman. Duoda boʻlib turinglar, ilohim doʻstimiz, tezroq oyoqqa turib ketsin. Bugun judayam xursandman, zoʻr yangilik boʻldi men uchun”, deya maʼlum qildi Shoxrux.

Maʼlumot oʻrnida “Ummon” guruhining yana bir aʼzosi Jasur Rafiqov 14-noyabr kuni ogʻir hastalikdan vafot etgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling