Foto: Teznews
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 96 yoshli onasini o‘ldirgan 70 yoshli kampirga nisbatan hukm chiqardi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ayol operatsiyadan keyin qiynalgan onasining og'rig'ini yengillashtirmoqchi bo'lgan.
Aniqlik kiritilishicha, sudlanuvchi uxlab yotgan keksa onasiga oshxona pichog'i bilan bir necha marta chuqur tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, ayol o'ziga kelgach onsini o'ldirib qo'yganini anglagach, endi o'zini o'ldirish maqsadida, qo'lidagi pichoq bilan bilak va bo'yin tomirlarini kesib, o'z joniga qasd qilishga uringan. Bu orada ayolning singlisi uyga kelib qolgan va tez tibbiy yordam chaqirgan.
96 yoshli jabrlanuvchi ayol shifokorlar tomonidan ko'rsatilgan bir necha kunlik tibbiy yordamga qaramay oradan ikki kun o'tgach vafot etdi.
Mazkur holat yuzasidan, ayolning marhumning qiziga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v" bandi (qasddan odam o'ldirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Dastlab ayolga 15 yil qamoq jazosi berilgan, biroq qarindoshlari va qo'ni-qo'shnilarining jazoni yengillashtirish haqidagi so'zlari inobatga olinib, u uch yillik sinov muddati bilan shartli jazoga hukm qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling