Foto: The Mag
2023-yil 1-yanvardan boshlab huquqiy eksperiment sifatida O‘zbekistonning 14 ta hududida “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” xabar bermoqda.

“Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladigan tumanlar roʻyxati
Aniqlanishicha, yuqorida ko‘rsatilgan hududlar bo‘yicha mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha yig‘ilgan mablag‘larning 10 foizi har oyning 10-kuniga qadar tuman budjetlari orqali tegishli fondlarga o‘tkaziladi.
2023-yil 1-martga qadar mahallalar aholisi hisoblangan, toʻlangan mablagʻlar va soliq qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan real vaqt rejimida foydalanishlari mumkin boʻladi.