Alisher Usmonov prezident maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

U Namangan viloyati sudi raisi etib tayinlangan

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Alisher Usmonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan prezident maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Alisher Usmonov bu kungacha prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari edi.

Ma'lum qilinishicha, u Namangan viloyati sudi raisi etib tayinlangan.

Eslatib oʻtamiz, Usmanov 2018-yilda Oʻzbekiston prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari etib tayinlangandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling