Foto: Prokuratura Departamenti
Xorazmda tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan yerni 600 mln soʻmga sotmoqchi boʻlgani aytilayotgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimi yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga qilgan murojaatiga asosan tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbirda, fuqaro Urganch tumani “Gʻaybu” mahallasidagi tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 0,4 gektar boʻsh maydonni 600 mln soʻmga sotishga kelishib, kelgusida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgani aniqlangan.
Shuningdek, kelishilgan pullardan 50 mln soʻmini ariza muallifidan firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bilan (jinoyatga tayyorgarlik koʻrish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), (firibgarlik) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling