Foto: TASS
Turkiyaning Bartin viloyatidagi Amasra shahridagi konda portlash yuz berdi. Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja portlash qurbonlari soni 28 kishiga yetganini ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, voqea Amasra hududidagi ko‘mir konida 300 metr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Bartin gubernatori Nurtoj Arslan qutqaruvchilar 14 nafar konchini qutqarishga muvaffaq bo‘lganini, kamida 49 kishi hali ham yer ostida qolib ketayotganini ma’lum qildi.
"Bartindagi portlash qurbonlari soni 28 nafarga yetdi”, — deb yozdi Sog'liqni saqlash vaziri Koja tvitterda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, shifoxonalarda yana 11 kishi jabrlangan.
Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, portlash transformator nosozligi tufayli sodir bo‘lgan. Ammo keyinroq agentlik bu ma’lumotni rad etib, favqulodda holat sabablari hali aniqlanmagani haqida bayonot bergan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling