Foto: Teznews
Yangiyo‘lda 32 sotix yerni sotishda gumonlanayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Kadastlar palatasi Yangiyo‘l tumani filiali muhandisi va yana bir fuqaro "U.Yu." agrofirmasiga qarashli 32 sotix yer maydonini 29 ming dollarga sotishga kelishib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 10 ming 400 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari kengashi hisobchisi fuqaroga "Yoshlar bog‘i" hududidan 3,5 gektar yer maydonini dehqonchilik qilish uchun ajratib berish uchun 4 mln so‘m, keyinchalik ushbu yer maydonini onlayn-auksion orqali yutib olib berish va kadastr xujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 1000 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling