Erdo'g'on Turkiyada IShID yetakchisi qo'lga olinganini ma'lum qildi

Prezidentning ta'kidlashicha, al-Sumaydon IShhID terrorchilarining muhim yetakchilaridan biridir

Foto: Anadolu<br>

Foto: Anadolu

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an IShID terrorchilik tashkiloti yetakchilaridan biri Bashar Xattob Gʻazal as-Sumaydon (“Abu Zeyd” kod nomi) Turkiyada qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Turkiya yetakchisi Bolqon safaridan qaytgach, jurnalistlarga bergan intervyusida, polisiya bosh boshqarmasi, Istanbul polisiya boshqarmasi va Milliy razvedka tashkiloti (MRT) hamkorligida o‘tkazilgan muvaffaqiyatli operasiya natijasida ISHID yetakchisi qo‘lga olinganini aytdi.

Erdo‘g‘an Abubakr al-Bag‘dodiy va Abdulla Kardash yo‘q qilinganidan so‘ng al-Sumaydon IShID terrorchilarining muhim yetakchilaridan biri ekanini ta’kidlagan.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, so‘roq paytida terrorchi ISHID terror tashkiloti qoshidagi ta’lim va adliya vazirliklariga rahbarlik qilganini aytgan.

“Uzoq vaqt davomida bu terrorchining Suriya va Istanbulda aloqalari aniqlangan va uning Turkiyaga kirish niyati haqida ma’lumotlar olingan”, - deydi Erdo‘g‘an.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, terrorchi soxta hujjatlardan foydalangan.

Davlat rahbarining aytishicha, as-Sumaydon MRT va Istanbul polisiya boshqarmasi tomonidan so‘roq qilinganidan keyin sudga topshirilgan.

Qo‘lga olingan terrorchi Bashr Xattob Gʻazal as-Sumaydon BMT Xavfsizlik Kengashining 2022-yil 11-iyulda e’lon qilingan 30-sonli navbatdagi hisobotida terrorchi tashkilot rahbari sifatida qayd etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling