Benksi Ukrainaning vayron bo'lgan hududlarida rasmlar chizdi — foto

Rassom Rossiya bombardimonidan eng ko'p zarar ko'rgan joylarda o'z san'at asarlarini yaratgan

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Britaniyalik ko'cha rassomi Benksi Ukrainaning turli joylarida o'z rasmlarini chizganini tasdiqladi. Bu haqda " The Art Newspaper" xabar berdi.

Rassom Rossiya bombardimonidan eng ko'p zarar ko'rgan joylar qatorida poytaxt Kiyev, Irpin va Borodyanka shaharlarida yettita devoriy surat yaratganini ma'lum qilgan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

 Bir devoriy suratda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga o‘xshagan odam dzyudo o‘yini chog‘ida polga uloqtirilgan yosh bolakay tasvirlangan. Ma'lumot uchun, Putin sportda qora kamar sohibi hisoblanadi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Yana bir asarda ikki bola metall tuzoqdan hayinchag sifatida foydalanayotgani ko'rsatilgan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Bombardimon qilingan bino vayronalari ichida chizilgan uchinchi devoriy rasmda esa gimnastikachining qo‘lda sakrashi tasvirlangan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Shuningdek, Benksi yana bir nechta vayronalardan foydalanib, o'zining shedevr asarlarini yaratgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling