Xiva shahar hokimi mas'uliyatsizligi sabab jarimaga tortildi

U qariyb 2 yil avval mazkur lavozimga tayinlangan edi

Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

Xiva shahar hokimi jarimaga tortildi. Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov 12-noyabr kuni tegishli farmoyishga imzo chekdi.

Ma'lum qilinishicha, shahar hokimi Davletov Temur Ismoilovich “ish faoliyati davomida oʻz vazifasiga masʼuliyatsizligi va oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi kamchiliklari” sababli intizomiy jazoga tortilgan.

Temur Davletov Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-bandiga asosan oʻrtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

Eslatib oʻtamiz, Temur Davletov 2020-yilning dekabrida mazkur lavozimga tayinlangan. Unga qadar Xorazm viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling