Van Basten: “Neymar – haqiqiy yigʻloqi”

"Ayaks" sobiq futbolchisi Neymarni "maydondagi eng yoqimsiz kimsa" deb atadi

Foto: Imgflip

Foto: Imgflip

“Ayaks” sobiq forvardi Marko van Basten PSJ hujumchisi Neymarni tanqid qildi.

“Neymar – haqiqiy yigʻloqi, u doimo asabga tegadi. Sekund oldin u kimgadir qoʻpollik ishlatadi, keyin esa jabrlanuvchi rolini maxorat bilan amalga oshiradi. Unga tegish mumkin emas. Maydondagi yoqimsiz kimsa”, degan niderlandiyalik.

Eslatib oʻtamiz, Neymar joriy mavsum parijliklar safida 13 bahsda qatnashib, 9+7 natija koʻrsatmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar