Foto: Teznews
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan shaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan soʻng tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatib turish tartibi toʻgʻrisida nizom muhokamaga qoʻyildi.
Unga koʻra, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan shaxs tadbirkorlik faoliyatini ishonchli boshqaruvga berib, oʻzi davlat ishida ishlashi mumkin.
Loyihada quyidagilar belgilanmoqda:
- davlat fuqarolik xizmatchisi oʻzining biznesi mavjudligi haqida vakolatli organlarni xabardor qiladi va tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatib turishning shakllaridan birini tanlaydi;
- davlat fuqarolik xizmatchisiga oʻzining mehnat faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha majburiyat yuklatiladi;
- tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatib turish holati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan monitoring qilib boriladi;
- oʻzining biznesi mavjudligi faktini yashirganlik holatlari aniqlanganda, davlat fuqarolik xizmatchisiga 10 kun muddat beriladi va xizmatchi ushbu muddat ichida tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatadi yoki davlat xizmatidagi faoliyatini yakunlaydi.
Qayd etilishicha, davlat fuqarolik xizmatchisi qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda ishonchli boshqaruvchiga beriladigan vakolatlar doirasini oʻz xohishiga koʻra belgilaydi.
Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi ishonchli boshqaruvga topshirilgan mol-mulk hamda vaqtincha boshqaruvga berilgan tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlarni olish huquqiga ega.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling