Foto: Repost.uz
19-20-noyabr kunlari Oʻzbekistonning ayrim hududlari yomgʻir yogʻadi. Bu haqda Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, respublika hududiga janubiy siklon kirib kelishi kutilmoqda. Shu sababli respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlarida yomgʻir kuchsiz, janubiy va markaziy hududlarda esa birozdan oʻrtachagacha yogʻishi mumkin.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda yomgʻir va qor koʻrinshidagi yogʻingarchilik boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo +14...+17 darajagacha isiydi,. Xabarga koʻra, bu ushbu kunning meʼyoriy qiymatlariga yaqin.
19-noyabr kuni respublikaning katta qismida yomgʻirli ob-havo saqlanib turadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi sababli koʻrinuvchanlik yomonlashishi mumkin. Ayrim hududlarda shamol 15-20 m/s gacha esishi davom etadi. Havo harorati kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja boʻlishi kutilmoqda.
Shuningdek, 20-noyabr kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechasi +3...+8 darajani, kunduzi esa +10...15 darajani tashkil etadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling