Britaniyaning yangi bosh vaziri birinchi ish kunidanoq norozilikka uchradi

Londonda unga qarshi aksiyalar oʻtkazilmoqda

Foto: skynews

Foto: skynews

Britaniyaliklar Bosh vazir qarorgohi oldiga toʻplanib, yangi hukumat rahbari Liz Trassga elektr energiyasi narxi oshishi sababli qarshi chiqishdi. Bu haqda “Sky News” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qarorgohda yuzlab odamlar toʻplangan, ular asosiy koʻchada transport harakatini toʻsib qoʻygan. Yigʻilganlar “Yoʻl boʻlsin!”, “Hisob-kitoblar oʻsib bormoqda, biz toʻlamaymiz!” degan shiorlar bilan bosh vazirga qarshi chiqishmoqda.

5-sentabr kuni Britaniya tashqi ishlar vaziri Trass hukmron Konservativ partiya yetakchisi etib saylangan edi. Bugun u mamlakat bosh vaziri etib tayinlandi va mamlakat tarixidagi bu lavozimdagi uchinchi ayolga aylandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling